Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar qabul qilish boshlandi

Foto: «O‘zA»

Bugun, 15-iyuldan boshlab, hududlarda talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.

Arizalar ishchi guruhlarda 5-avgustga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, ishchi guruhlar quyidagi OTMlarda ishlamoqda:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpoq davlat universiteti — Ishchi guruh rahbari A.K.Reyimov;
  2. Andijon viloyati — Andijon davlat universiteti — A.S.Yuldashev;
  3. Buxoro viloyati — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — N.R.Barakayev;
  4. Jizzax viloyati — Jizzax politexnika instituti — A.Q.Usmonqulov;
  5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi davlat universiteti — B.A.Shoimqulov;
  6. Navoiy viloyati — Navoiy davlat konchilik instituti — Q.Sanaqulov;
  7. Namangan viloyati — Namangan davlat universiteti — M.X.Esanov;
  8. Samarqand viloyati — Samarqand davlat universiteti — R.I.Xalmuradov;
  9. Sirdaryo viloyati — Guliston davlat universiteti — M.T.Xodjiyev;
  10. Surxondaryo viloyati — Termiz davlat universiteti — A.X.Toshqulov;
  11. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona politexnika instituti — O.X.Otaqulov
  12. Xorazm viloyati — Urganch davlat universiteti — B.I.Abdullayev;
  13. Toshkent shahri va Toshkent viloyati — Toshkent davlat texnika universiteti — S.M.Turabjanov;

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash NIZOMI bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring