Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada talabalar soni 8,5 millionga yetdi — Yevropada birinchi

Turkiyada talabalar soni 8,5 millionga yetdi — Yevropada birinchi

Turkiya oliy ta’lim muassasalari talabalari soni bo‘yicha Yevropaning barcha mamlakatlaridan oldinda, deb xabar berdi Hürriyet Daily News gazetasi.

Turkiyada 8,5 million nafar talaba bor, mamlakat aholisiga solishtirilsa, har 10-fuqaro — talaba.

Yevropa oliy ta’lim assotsiatsiyasining 2024-yilgi baholashiga ko‘ra, Turkiya oliy ta’limda tenglik, xilma-xillik va imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha eng ilg‘or Yevropa mamlakatlari qatoriga kirgan.

Qolaversa, Turkiya oliy ta’limi o‘qituvchilari eng yosh hamda ayol o‘qituvchilar ulushi Yevropa me’yorlariga yetgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring