Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishni «ko‘chirib bermoqchi» bo‘lgan dotsent 4000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

O‘qishni «ko‘chirib bermoqchi» bo‘lgan dotsent 4000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Google.com»

Andijon davlat universiteti dotsenti L.R. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, dotsent ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning go‘yoki Qirg‘izistondagi unverstitetda ta’lim olayotgani haqida soxta ma’lumot tayyorlab, shu asosda Andijon davlat universitetiga «o‘qishini ko‘chirib» qo‘ymoqchi bo‘ladi. Tekinga emas, albatta. «Xizmat haqi»ni 4000 AQSh dollariga baholagan domla kelishilgan pulni olayotgan paytida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan  ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring