Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga kiritish bilan bog‘liq jinoyatlar «mavsumi» boshlandi

O‘qishga kiritish bilan bog‘liq jinoyatlar «mavsumi» boshlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining «Tarix» va «Boshlang‘ich ta’lim» fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N.ni 5 mln so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring