Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhamat tumani hokimi o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi

Marhamat tumani hokimi o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi

Videodan lavha

Andijonda o‘qituvchilar tik turgan holda ota-onalar oldida uzr so‘ragani keng muhokamalarga sabab bo‘lgani va holat yuzasidan Xalq ta’limi vaziri bayonot bergani xabar qilingandi.

Holat yuzasidan Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqdi.

«Marhamat tumanidagi o‘qituvchilar va ota-onalar hamkorligida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi holatlar o‘qituvchilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bo‘lsa, men tuman hokimi sifatida barcha ustoz-murabbiylardan uzr so‘rayman», dedi u.

Avvalroq Komil Allamjonov Andijonda o‘qituvchilar ota-onalar oldida bosh egib, uzr so‘rashga majburlangani uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerakligini aytgandi.

Ammo viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov uzr so‘ramadi, «xatoga yo‘l qo‘ygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko‘rilishini ta’minlayman», dedi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring