Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari:

  • maktabgacha ta’lim muassasalarini belgilangan tartibda qurilishlarning manzilli ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
  • maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
  • yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;
  • ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 

Vazirlikning Moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish boshqarmasi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi. 

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha nazorat Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring