Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabda video olib TikTok’ka joylagan qizlarning ota-onalari uzr so‘radi

Maktabda video olib TikTok’ka joylagan qizlarning ota-onalari uzr so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi 181-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf qizlari tasvirga olingan videolar tarqaldi.

Mazkur holat Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi, deya xabar berdi Toshkent shahar XTB Matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 181-maktabning to‘rt nafar o‘quvchisi — M.M., X.M., D.M., I.M.lar darsdan keyin sinfxonasida xorijning suvenir pullarini sochib, video lavha tasvirida ishtirok etishgan. Ularning sinfdoshi I.S. esa videotasvirga olgan. So‘ngra bu lavhani Tik-Tok sahifasiga qo‘yishgan.

Shu munosabat bilan maktabda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari, tuman faollari, tuman yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, profilaktika inspektori, psixolog ishtirok etdi.

Suhbat davomida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga maktab o‘quvchilarining yuqoridagi xatti-harakatlari odob-axloq qoidalariga zid ekanligi, milliy an’analarga to‘g‘ri kelmasligi tushuntirilgan.

Videoni suratga olishda ishtirok etgan o‘quvchilardan birining onasi maktab ma’muriyatidan barcha ota-onalar nomidan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring