Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab direktori 800 dollar pora olayotganida ushlandi. Viloyat hokimi vaziyatga izoh berdi

Maktab direktori 800 dollar pora olayotganida ushlandi. Viloyat hokimi vaziyatga izoh berdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va o‘sha diplom bilan ishga olishi evaziga 800 dollar pora so‘ragan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tumanidagi 98-sonli umumta’lim maktabi direktori Z.N. fuqaroga o‘rta-maxsus maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berishi evaziga 300 dollar va o‘sha qalbaki diplom bilan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilish evaziga 500 dollar talab qiladi.

Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda direktor Z.N. fuqaro U.X.dan Koson tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli avtomashinasida 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 25-yanvar kuni maktabi direktori Z.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holatga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev izoh berib o‘tdi. Viloyat hokimi Koson tumanidagi pora olgan direktor voqeasi bo‘yicha OAV ga ma’lumot berish lozimligini ta’kidlagan.

«Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati matbuot anjumani tashkil qilib, direktor nega pora olganiga izoh bersin, pul olgan odamning o‘zi gapirsin», — deb aytib o‘tdi Zoir Mirzayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring