Magistraturaga hujjat topshirganlar uchun muhim eslatma
«Magistraturaga kirish imtihonida abituriyent o‘zi bilan ruchka va qog‘oz olib kirishi mumkinmi?» mazmunidagi savolga javob berildi.
Magistratura abituriyentlari kirish imtihoniga faqatgina pasport va kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim. Qog‘oz va ruchka test o‘tkaziladigan auditoriyada tayyorlab qo‘yiladi.
Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish mumkin emas. Shuningdek, test yechishda yordam berish, bir-biri bilan gaplashish hamda boshqa test topshiruvchilarga xalaqit berish test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda magistratura imtihonlari joriy yilning 8-20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter