Jizzaxda xalq ta’limi rahbarlarining yarmi ishdan olinishi mumkin
Jizzax viloyatida 29 nafar tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari boshqaruv xodimining ish faoliyatini baholash jarayoni amalga oshirildi, deb xabar bermoqda XTV.
Baholash natijalariga ko‘ra, 13 nafar (44,8 foiz) xodim baholash jarayonidan o‘ta olmadi, qolganining natijasi ijobiy bo‘lgan.
Avvalroq Toshkent va Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan baholash jarayoni natijalari haqida xabar berilgandi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘limlarning bo‘sh qolgan boshqaruv lavozimlari bo‘yicha ma’lumotlar vacancy.argos.uz veb-saytiga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Baholash natijalari salbiy bo‘lgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikki haftadan so‘ng bekor qilinib, ularga mutaxassisligi va malaka darajasiga mos boshqa lavozimlar taklif qilinadi.
Navbatdagi baholash jarayoni Samarqand viloyatida o‘tkazildi, uning natijalari keyinroq elon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter