Janubiy Koreyada bog‘chaga navbatni qancha vaqt kutishadi?
Janubiy koreyalik ota-onalar farzandlarini bog‘chaga joylashtirish uchun o‘rtacha 7,6 oy navbat kutishmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi xabar bergan.
Vazirlik 2018-yil o‘tkazgan tadqiqot ko‘rsatishicha, respondentlarning 33,5 foizi bog‘chaga joylashish uchun o‘z navbatini kutgan.
Kutish davomiyligi 2015-yilga solishtirilganda o‘rtacha 0,6 oyga uzaygan.
Eng ko‘p sonli navbat kutayotganlar — ikki yoshli bolalalarni joylashtirayotganlar (43,4 foiz), keyin uch yoshli (37,7 foiz) va besh yoshli (34,9 foiz) farzandlari bor ota-onalar.
Navbat kutish uzoqligi yoshga qarab uzayib boraveradi: go‘daklar — 6,1 oy, bir yashar bolalar — 6,7 oy, ikki yoshlilar — 7,3 oy, uch yoshlilar — 7,7 oy, to‘rt yoshlilar — 8,2 oy, besh yoshlilar — 8,7 oy.
Ota-onalarning 43,9 foizi davlat bolalar bog‘chalariga, 25,1 foizi xususiy bog‘chalarga, 13,2 foizi uyda ochilgan bog‘chalarga navbat kutishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter