Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasini navbatsiz qabul qilgan er-xotin qamalishi mumkin

Koronavirus vaksinasini navbatsiz qabul qilgan er-xotin qamalishi mumkin

Foto: «Independent.co.uk»

Kanadada koronavirusga qarshi navbatsiz emlangan er-xotin sud qilinadi, deya xabar berdi «Global news».

55 yoshli Rodni Beyker va 32 yoshli Yekaterina Beyker xususiy samolyotni yollab, COVID-19ga qarshi emlanish uchun hindular yashaydigan joyga uchib borishgan. Bunda ular karantin qoidalarini mensimasdan, qishloq aholisining hayotini xavf ostiga qo‘yishgan.

«Er-xotin Beykerlar o‘zlarini ijtimoiy ta’minot xodimlari sifatida tanishtirib, navbatsiz Moderna vaksinasini olish uchun Vankuverdan Yukon o‘lkasidagi Biver-Krik tub aholisi yashaydigan qishloqqa yetib borishgan», — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu hudud aholisi birinchilardan bo‘lib vaksina olish huquqiga ega. Chunki tibbiy muassasalardan olisda joylashgani bois fuqarolarning zaif toifasi hisoblanadi.

Qonunbuzarlar allaqachon jarimaga tortilgan. Er-xotin 4-may kuni sud oldida javob beradigan bo‘lishdi. Ular olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yaqin vaqtgacha Rod Beyker «Great Canadian Gaming» kompaniyasining ijrochi direktori hisoblangan. Ushbu mojaro natijasida o‘z lavozimini tark etdi. Uning rafiqasi Yekaterina Beyker — aktrisa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring