Ipak yo‘li, Dalvarzin va bronza davri: yaponiyalik olim Andijonda ma’ruza qildi
Andijon davlat universitetida Yaponiyaning Tokio San’at universiteti ilmiy tadqiqotchisi, doktor Shogo Kume, Yaxyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, (PhD) Xikmatillo Xoshimovlar ishtirokida ilmiy suhbat tashkil etildi.
Shogo Kume «Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi: Farg‘ona vodiysi va Tyan-Shan tog‘laridagi bronza davri arxeologiyasi» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Markaziy Osiyoda chorvachilik manzilgohlarining paydo bo‘lishi va uning Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidagi bronza davriga oid ilk shahar madaniyati bo‘lmish Dalvarzin shahar xarobasidagi ilmiy tadqiqotlar haqida qisqacha to‘xtaldi. X.B. Xoshimov, professor B.X.Matboboyev boshchiligida Jalalquduq tumani Oyim qishlog‘ida joylashgan Dalvarzin shahar xarobasida 2018 yildan buyon olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Arxeologiya faniga qiziquvchilarni arxeologik tadqiqotda ishtirok etishlari mumkinligini bildirdi. Tadbirda talabalar bronza davriga manzigohlarning o‘rganilishi darajasi, vodiyda chorvachilik va ziroatchilikning rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari, Buyuk ipak yo‘lining tarmoqlari, savdo-iqtisodiy aloqlarning tarixiga doir savollar berdilar va tadqiqotchilar tomonidan tegishli javoblar oldilar. Suhbat so‘nggida tadqiqotchilar va talabalar, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ingliz va o‘zbek tillarida fikrlar almashildi.
Shundan so‘ng, mehmonlar Andijon davlat universiteti qoshidagi «Qatag‘on qurbonlari» muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda, professor R.T.Shamsutdinov bilan ilmiy suhbat tashkil qilindi. Ilmiy suhbat davomida ikkinchi jaxon urushi davrida yapon asirlarini taqdiri va ularni hayoti va faoliyati to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Shuningdek, fakultet dekani kelgusida fakultetning Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish, ijtimoiy madaniy faoliyat yo‘nalishlari bilan Tokio San’at Universiteti bilan 2+2ga asoslangan qo‘shma dastur tashkil qilish to‘g‘risida memorondum tuzish haqida ham muzokara olib bordi. Shu bilan birga talabalar mobilligi professor-o‘qituvchilar almashinuvi borasida ham boshlang‘ich kelishuvlarga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter