
Navro‘z – vaqtni yenggan bayram
U uch ming yillik tarixga ega. Bugun esa 12 dan ortiq mamlakatda rasmiy bayram sifatida nishonlanadi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Turkiya va Iroqda.

Buxoroda «Ark» qo‘rg‘oni shimoliy darvozasi tiklandi
Keyingi 2 yilda ushbu ob’yektda olimlar, tarixchilar, ekspertlar va loyihachilar tayyorlagan loyiha asosida 300 nafardan ziyod mahoratli usta-restavratorlar tomonidan restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlari nihoyalangan.

Toshkentda Ibn Battutaning O‘zbekistondagi sayohatlari to‘g‘risida interaktiv ko‘rgazma tashkil etiladi
Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy meros haftaligida ma’lum qilinishicha, taniqli sayohatchi Ibn Battutaning O‘zbekiston hududidagi sarguzashtlari, bosib o‘tgan yo‘li, ko‘rgan shaharlari me’morchiligi va urbanistikasiga bag‘ishlangan zamonaviy texnologiyalar asosidagi interaktiv mediya ko‘rgazma tashkil etiladi.

Amirning fojiali o‘limi yoki saltanatni sindirgan yong‘in
Samonxudotlar avlodidan bo‘lgan Somon qishlog‘i oqsoqoli Ismoil arab xalifaligiga qaram bo‘lmish Buxoroni 874 yilda, oradan 18 yil o‘tib esa, butun Movarounnahr hukmdorligini qo‘lga kiritdi.

Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari va g‘aroyibotlar
Uning nazarida o‘lkada ko‘rgan-kechirganlari, shu davrdagi Yevropaga qiyoslaganda, qoloqlik holatida edi. Ammo sharqqa xos g‘aroyibotlar ham mavjud bo‘lib, bu aholining turmush kechirishida, kasbu korida yaqqol aks etardi.

Tiriklayin ko‘milgan mahram
Jallodlardan biri salom berganicha Rahmonbergan mahramga peshvoz chiqdi. Ikkinchi jallod esa otning jilovini tortib, hayrat ila boqayotgan mahramga dedi:

Ochlik, sarson-sargardonlik, mashhurlik va ikki infarkt
U oqshomlari tomda yotgancha yulduzli osmonga tikilardi. Ko‘kdagi cheksizlik o‘ziga tortar, shon-shuhratga safarbar etuvchi yo‘lni ko‘rsatardi. Bir-biridan chaqnoq yulduzlar uni kichikligidan maftun etardi...

Yetti xonga bir yasovulboshi va 40 tillo maosh
Xiva xonligidagi eng muhim davlat amaldorlaridan biri yasovulboshilik mansabi bo‘lib, ushbu amal egasi, xon farmoniga muvofiq, askarlarga qo‘mondonlik qilardi.

Homiy topilmagan kitob: unda qo‘rqinchli voqealar ham bayon etilgan edi
Rusiyalik elchi 1813-yilgi safari davomida shu kabi ko‘plab voqea-hodisalarga guvoh bo‘lgan va ko‘rgan-kechirganlarini kitob qilib yozgan.

Mo‘g‘ullarni hayratga qoldirgan shayx: Sayfiddin Boxarziy tarixi
Xarobaga aylangan Buxoroni qayta obod qilib, uni «sharif» unvoniga sazovor etgan shayx sharafiga 8 asrdan ortiq vaqt o‘tib, muqaddas manzillar bunyod etilmoqda.