Imtihonda eng ko‘p qoida buzilishi va yaxshi natijalar Qashqadaryo hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
4-sentyabr va 5-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan test sinovlari haqida statistik ma’lumotlar taqdim etildi.
Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 000 nafar abituriyentdan 111 280 nafari yoki 95,1% qatnashdi.
10 nafar abituriyentning tana harorati 37°C dan yuqori bo‘lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.
Jami 5 574 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.
61 (+4) nafar abituriyent hududga kirish joyida: 49 (+6) nafari telefon, 8 (+1) nafari shpargalka, 4 (+1) nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun kiritilmadi.
Imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 (+3) nafar abituriyent chetlatildi.
Eng ko‘p holat Qashqadaryo viloyatida aniqlanib, 15 (+11) nafari telefon va elektron qurilmalar, 2 nafari test materiallarini olib chiqishga uringanligi uchun chetlatildi.
4-sentyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.
Jumladan:
-Qashqadaryo viloyatida 10 470 ta abituriyentdan 156 nafari yoki 1,5%;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 889 ta abituriyentdan 76 nafari yoki 1,3%;
-Toshkent shahrida 18 706 ta abituriyentdan 126 nafari yoki 0,7%;
-Xorazm viloyatida 6 970 ta abituriyentdan 100 nafari yoki 1,4% – 162,5 ball yoki 86%dan yuqori to‘plagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter