«Imom Termiziy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosi yuzasidan Termiz shahrida «Imom Termiziy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi.
Ta’lim muassasasi 2020 yil 8 iyun kuni 24-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim maskani bo‘lib, o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.
Mazkur ta’lim muassasasiga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ta’lim muassasasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy saytlari orqali berib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter