Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandini onlayn o‘qitadigan ota-onalar uchun tavsiyalar berildi

Farzandini onlayn o‘qitadigan ota-onalar uchun tavsiyalar berildi

Foto: Xabar.uz

Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar berdi.

Hurmatli ota-onalar, agar Siz farzandingiz uchun masofadan o‘qitish shaklini tanlagan bo‘lsangiz, Sizga maslahatlarimizga e’tibor berishingizni tavsiya etamiz.

Avvalo, siz o‘zingiz va bolangiz uchun odatiy kun tartibini belgilab, unga rioya qilishingiz kerak (uxlash va uyg‘onish vaqti, darslarning boshlanish vaqti, ularning davomiyligi, «tanaffuslar» va boshqalar).

Kundalik hayotning keskin o‘zgarishi bolaning moslashish imkoniyatlarida sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi hamda keraksiz stress va zo‘riqishlarga olib kelishi mumkin.

Ota-onalar va bolaning oila a’zolari sodir bo‘layotgan voqealarga xotirjam, adekvat munosabatni saqlashga harakat qilishlari muhimdir.

Bolaning hissiy holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri kattalar (ota-onalar, qarindoshlar) holatiga bog‘liq. Boshqa mamlakatlardagi ota-onalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘zini izolyasiya qilish rejimiga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi va bu normal jarayon hisoblanadi.

O‘zingizni xotirjam tuting, vazmin bo‘ling, bolalarning virusga oid savollariga javob berishdan qochmang va hokazo, ammo pandemiya holati va uning xavf-xatarlari haqida uzoq munozaralarga sho‘ng‘imang.

Bolalar uchun masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha maktabdan olgan tavsiyalaringizni yaxshi tushunib olishga harakat qiling.

Siz faqat sinf o‘qituvchisi va maktab ma’muriyatidan olgan rasmiy ma’lumotlarga amal qiling.

Ushbu jarayonni tashkil etishda maktab ma’muriyati uchun ham vaqt talab etiladi, shuning uchun sizning bu vaziyatni tushungan holda munosabat bildirishingiz bebaho yordam bo‘lishi mumkin, bu esa ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Vaziyatni tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan rahmat, deyiladi vazirlik tavsiyasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring