Endi davlat bog‘chalariga navbatni onlayn kuzatish mumkin
Bir yilcha muqaddam Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza topshirish» xizmati joriy etilgandi.
YaIDXP statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha 1,2 mln dan ortiq kishi ushbu xizmat orqali murojaat qilgan.
Endi yagona portalda davlat bog‘chalariga navbatni onlayn kuzatish imkoni yaratildi. Yangi xizmat davlat MTMga navbat haqida axborot olish imkonini beradi, buning uchun ilgari Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan arizaning ro‘yxat raqamini ko‘rsatish zarur.
Ma’lumotlar barcha shaxslarga bepul taqdim etiladi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 244-son qarori xizmat joriy etilishiga huquqiy asos sifatida xizmat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter