«Pul ko‘paytiruvchi» onlayn firibgar nihoyat qo‘lga tushdi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi A.R. ichki ishlarga arz qildi. Bayon qilishicha, u «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida «Amir Kurbanov» ismli shaxs bilan pulini ko‘paytirib berish maqsadida yozishgan va unga 300 000 so‘m o‘tkazib bergan. Odatdagi firib — bu jabrlanuvchi ham chuv tushganini g‘alvir suvdan ko‘tarilib bo‘lganidan keyin tushungan....
Biroq aynan uning murojaati ortidan firibgar ushlandi. Hech qanaqangi «Amir Kurbanov» emas, balki Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi Sh.N. (2001-y.t.) ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.N. boshqa bir nechta odamlarni ham aldab pullarini olib, shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida xarjlab yuborgan.
22 yoshli Sh.N.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter