Endi pensiya tayinlash uchun onlayn ariza berish mumkin
Endilikda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar ularga pensiya tayinlanishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali (onlayn) murojaat qilishlari mumkin.
Onlayn xizmatdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmagan fuqarolar qo‘shimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, fuqarolar pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilish huquqlari ham saqlanib qolinmoqda.
Mazkur xizmatdan ushbu havola orqali foydalanish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter