Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi bog‘cha mudirasi ishdan olindi

Chilonzordagi bog‘cha mudirasi ishdan olindi

Chilonzordagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

«Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri topshirig‘iga asosan ta’lim tashkilotidagi muhit nazoratga olingan, o‘rganish ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Avvalroq bog‘chadagi xunuk holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring