Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish tizimi bekor qilinmoqda

Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish tizimi bekor qilinmoqda

Foto:«Tipme.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda. 

OAK raisi Ahmadbek Yusupovning aytishicha, mamlakatimizda reytingi yuqori 30 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kirgan oliygohlarga imtiyozlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari va Mudofaa vazirligi hay’ati tavsiya etgan idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari kengashlariga sinov tariqasida 2019-yilning 1-oktyabridan boshlab talabgorlarni bevosita dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarida, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab esa professor ilmiy unvonida tasdiqlash huquqi berish ko‘zda tutilgan.

Tadbirda ta’kidlanishicha tizimni yanada takomillashtirish maqsadida 2020-yil 1-yanvardan uza.uz saytida tadqiqotchilarning izlanishlari to‘liq shaklda yoritiladi. Ilmiy unvonlar olish tartibi ilg‘or xorijiy amaliyotga yaqinlashtirilib, jarayon soddalashtiriladi. Nashrchilik faoliyati yanada faollashib, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat shakllantiriladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilinishida talabgorlar chet tilidan kirish imtihonlarini topshirar edi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilingandan keyin ham talabgorlar yana chet tillaridan malaka imtihonlarini topshirishadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu sinov jarayonlari bir-birini takrorlar edi.

Aynan ana shular inobatga olinib 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish tizimi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring