«Buyuk kelajak» XNNT hamda «KPMG» kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 2-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligida «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti hamda «KPMG» kompaniyasining maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Ta’lim salohiyati» yo‘nalishi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda «O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modeli konsepsiyasi»ni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida vazir Sh.Shermatov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i T.Aglamov «Buyuk kelajak XNNTning asoschisi B.Ismoilov, tashkilotning direktor o‘rinbosari Z.Azimova, tashkilot eksperti F.Abdullaxanov, «KPMG» xalqaro strategiya guruhi direktori S.Chekmazova, «KPMG»ning bosh maslahatchisi A.Dinkevich, «KPMG» menenjeri Ch.Babayev hamda KPMG maslahatchisi F.Tursunxodjayevlar bilan muzokara olib bordi.
Eslatib o‘tamiz, «KPMG» professional audit, soliq va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadigan dunyodagi eng yirik auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. U Deloitte, Ernst & Young va PwC singari yirik auditorlik kompaniyalari bilan bir qatorda «Katta to‘rtlik»dan joy olgan.
Qizg‘in kechgan muhokamalar jarayonida kengash xalq ta’limi tizimining bugungi holati va tezda bartaraf etilishi zarur bo‘lgan muammo va kamchiliklar bilan tanishdi.
Uchrashuv so‘ngida ta’lim sohasi sifatini isloh etish hamda takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. O‘z navbatida, vazir Sh.Shermatov «O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modeli konsepsiyasi»ni hamkorlikda ishlab chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter