Prezident Xalq ta’limi vazirligiga ikki vazifa topshirdi
Prezident yig‘ilishi davom etmoqda.
Avvalambor, professional ta’limni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish shart, dedi Prezident va bu ishlarni qanday tashkil etishni Angren shahri misolida ko‘rsatib berdi.
Angrenda joriy yilda mehnat bozoriga 3 800 nafar yoshlar kirib keladi, shahardagi 535 ta korxonada ishchi kasblar bo‘yicha 1 915 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud, investitsiya loyihalari hisobiga joriy yilda yana 2 mingdan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Yangi tizim orqali 6 ming nafar aholi kasbiy ta’lim bilan qamrab olinadi va manzilli ishga joylashtiriladi.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirishga mas’ul bo‘lgan psixologlar ishi umuman sezilmayotgani qayd etildi.
Shu bois Xalq ta’limi vazirligiga:
- o‘z tizimidagi psixologlarni qayta o‘qitish va talabga javob bermaydiganlarini almashtirish;
- 7-11-sinf o‘quvchilarini individual yondashuv asosida kasbiy diagnostikadan o‘tkazish va tavsiyalarini kengashlarga taqdim etish topshirildi.
Shu bilan birga vazirlik oldiga O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tashxis markazi faoliyatini transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter