Bugundan ijodiy (kasbiy) imtihonlar ham boshlandi

Bugun, 2-sentyabr kuni alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Andijon davlat universitetida mavjud 10 ta alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishga 8 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bugun 6 ta ta’lim yo‘nalishiga imtihonlar boshlandi. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilishi belgilangan.
Abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Universitet hududiga kirish dezinfeksiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abituriyent tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llari tozalab, o‘tkazilmoqda. Imtihon o‘tkaziladigan xona va hududlarda mas’ullar masofani saqlashni nazorat qilmoqdalar. Hozirga qadar virus alomatlari bor abituriyentlar kuzatilmadi.
Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa OTMlaridan jalb etilgan. Musiqa ta’limi, Cholg‘u ijrochiligi, An’anaviy xonandalik yo‘nalishlarida O‘zbekiston Konservatoriyasi, TSMG va Rangtasvir Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti mutaxassislari, Jismoniy madaniyat, Futbol va Boks yo‘nalishlarida esa taniqli murabbiylar, jahon va Osiyo chempionlari imtihon olmoqdalar.
Yana bir shaffoflikni ta’minlovchi muhim qadam, universitetdagi imtihonlar jarayonlarini real vaqt rejimida ONLAYN kuzatish imkonini beruvchi maxsus platformasi ishga tushirilishi bo‘ldi. Imtihon o‘tkaziladigan 6 ta hududda 20 ta veb-kamera o‘rnatilib, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni kuzatib borishlari uchun sharoit yaratildi.
Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentni, ayniqsa sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirayotganlarni sog‘ligini alohida nazorat qilmoqdalar olmoqdalar. Ular uchun gigiyena talablariga rioya qilgan holda suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter