Bu yil 1-sinfga qabul qanday bo‘layapti?

Shu kunlarda bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, 1-sinfga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi (musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno).
Qabul ishlari iyun — avgust oylarida tashkil etiladi.
Bolaning ota-onasi quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- ariza;
- ota-onaning pasporti nusxasi;
- bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
- bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
- bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
Joriy yilda maktablarning 1-sinfiga o‘quvchilar qabuli 31 iyulga qadar maktab biriktirilgan mikrohudud doirasida amalga oshirildi.
Mikrohudud doirasidan tashqarida esa joriy yilning 25 avgustiga qadar qabul amalga oshiriladi.
Pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayonida insonlarning bir joyda to‘planib qolishi va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahrida tajriba tariqasida navbatga yozilish jarayonini onlayn tarzda www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas