Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda Sharda xorijiy universiteti tashkil etildi

Andijonda Sharda xorijiy universiteti tashkil etildi

Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan yurtimizda Sharda universiteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Universitetda o‘quv jarayonlari Sharda universiteti (Hindiston) o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

O‘quv jarayoni 2019-2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda quyidagi va talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi:

-elektr muhandisligi;

- axborot texnologiyalari va kiber xavfsizlik;

-kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish;

- elektronika;

- kommunikatsiya muhandisligi;

-biznes-menejment.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Sharda universiteti Andijon viloyatida joylashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring