Andijon va Xorazm viloyatlarida ham qishki ta’til uzaytirildi
Andijon viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Alisher Sa’dullayev o‘z telegram-kanalida xabar berdi.
Biroq Andijon viloyati hokimligi rasmiy manbalari hozircha jim.
Shuningdek, Xorazm viloyati ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
«Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani tufayli Xorazm viloyatidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirildi», — deyiladi Xorazm viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali bergan xabarda.
Avvalroq Buxoro viloyati hokimligi qishki ta’til 22-yanvargacha uzaytirilib, o‘qish 23-yanvar kunidan boshlanishini rasman ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter