350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi
«El-yurt umidi» jamg‘armasi O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalar bo‘yicha mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazadi. «Xabar.uz»ga bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar;
- magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar;
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratilishi belgilangan.
Nomzodlar o‘z hujjatlarini 2021-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar, www.eyuf.uz sayti orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin.
Saralash bosqichlari 2021-yil 1-maydan – 20-mayga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter