Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-2023 o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

2022-2023 o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab:

- oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’limning masofaviy shakli joriy etiladi;

- davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

- abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyunidan 15 iyuliga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshirish;

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi;

Qayd etilishicha, 2022-2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;

kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;

v) xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar etib tasdiqlash belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring