Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

​​15 nafar davlat idoralari xodimlari magistraturani Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishadi

​​15 nafar davlat idoralari xodimlari magistraturani Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida imzolangan Grant kelishuviga muvofiq 15 nafar davlat idoralari xodimlari magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston hamda Yaponiya huqumati o‘rtasidagi «Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish» loyihasining joriy yildagi sovrindorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, «Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish» (Japanese Grant Aid for Human Resource Development Scholarship – JDS) loyihasining O‘zbekistondagi vakili Kaino Aya hamda loyihaning joriy yilgi g‘oliblari qatnashdi.

JDS granti g‘oliblari Yaponiyada ta’lim olishda ko‘zlagan maqsadlari hamda u yerda olgan bilim va orttirgan tajribalarini   kelajakda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etishlari haqida aytib o‘tishdi. 

Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari U.Begimqulov Grant sovrindorlarini qutlar ekan ularga davlatimiz va xalqimiz bildirgan ishonchni oqlash uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashlari hamda vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Ma’lumot uchun, shu yilning 10 avgust kuni Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Muneo Takasaka hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov tomonidan jami 262 mln. yapon iyenasi (2,3 mln dan ortiq AQSh dollari) miqdorida Grant kelishuvi imzolangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring