1-sinfga qabul bo‘yicha eslatma berildi

O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga asosan, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Bu haqda XTV eslatma berdi.
Qayd etilishicha, kelgusi 2022/2023-o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022-yilning 31-dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya’ni 2015-yilning 31-dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.
Eslatma, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter