Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi raddiya bildirdi

Xalq ta’limi vazirligi raddiya bildirdi

Foto: protoday.uz

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda vazir Ulug‘bek Inoyatovning fikrlari noto‘g‘ri talqin etilayotgani yuzasidan raddiya bildirdi.

«Joriy yilning 5-fevral kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bergan javoblar e’lon qilinganidan so‘ng ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondashish, javoblarning ayrim qismlarini konteksdan ajratib noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda.

Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.

Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring