«Reytinglar reytingi»da kimlar yetakchi? (infografika)
Taraqqiyot reytinglari sonsiz-sanoqsiz, ammo reytingning ham reytingi bor.
Xalqining boyligini mudofaaga, qurollanishga sarflayotgan davlatlar bor, xalqining salomatligini, bilimli bo‘lishini afzal ko‘ruvchi davlatlar bor. Siyosiy vaziyat, imkoniyat chamalanadi..., biroq xohish-iroda kerakmasmi?
Fan-texnologiyalarni rivojlantirishga davlatlar qancha pul ajratishini OECD hisoblab chiqqan (mablag‘lar mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan foizlarda o‘lchangan).
Yuqoridagi infografika-xaritada ilm-fanni eng yaxshi qo‘llab-quvvatlayotgan 30 mamlakat ko‘rsatilgan.
TOP-30dagi mamlakatlarning ko‘pida:
- Iqtisodiyot rivojlanishi yuqori cho‘qqisiga chiqqan;
- YaIM aholi jon boshiga eng yuqori o‘rinlarda;
- Qazilma boyliklar deyarli yo‘q, bo‘lsa ham o‘z ehtiyojiga yarasha yoki birlamchi o‘rin tutmaydi.
Ulkan arab dunyosi o‘rtasida jon saqlab kelayotgan Isroil fanni moliyalashtirishda dunyoda birinchi o‘rinda — YaIMning 4,9 foizi.
Ilm-fandan pulini ayamagan kichkina Janubiy Koreya va Tayvan ulkan Osiyoning «yo‘lbarslari»ga aylandi — YaIMning 4,5 va 3,5 foizi.
Dengizga chiqa olmaydigan Shveysariya hamda quyoshdan ko‘ra qor va yomg‘irni ko‘p ko‘radigan Shvetsiya Yevropaning eng old davlatlari: iqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi, korrupsiyadan xolilik va albatta fanni qo‘llab-quvvatlash borasida — YaIMning 3,3 foizigacha.
AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya — bu davlatlarga ta’rif shartmas. Ularni shiddat bilan quvib, o‘zib borayotgan Xitoyning kuchi nimadaligi esa bugun hech kimga sirmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter