Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Reytinglar reytingi»da kimlar yetakchi? (infografika)

«Reytinglar reytingi»da kimlar yetakchi? (infografika)

Infografika: OECD

Taraqqiyot reytinglari sonsiz-sanoqsiz, ammo reytingning ham reytingi bor.

Xalqining boyligini mudofaaga, qurollanishga sarflayotgan davlatlar bor, xalqining salomatligini, bilimli bo‘lishini afzal ko‘ruvchi davlatlar bor. Siyosiy vaziyat, imkoniyat chamalanadi..., biroq xohish-iroda kerakmasmi? 

Fan-texnologiyalarni rivojlantirishga davlatlar qancha pul ajratishini OECD hisoblab chiqqan (mablag‘lar mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan foizlarda o‘lchangan).

Yuqoridagi infografika-xaritada ilm-fanni eng yaxshi qo‘llab-quvvatlayotgan 30 mamlakat ko‘rsatilgan.

TOP-30dagi mamlakatlarning ko‘pida:

  • Iqtisodiyot rivojlanishi yuqori cho‘qqisiga chiqqan;
  • YaIM aholi jon boshiga eng yuqori o‘rinlarda;
  • Qazilma boyliklar deyarli yo‘q, bo‘lsa ham o‘z ehtiyojiga yarasha yoki birlamchi o‘rin tutmaydi.

Ulkan arab dunyosi o‘rtasida jon saqlab kelayotgan Isroil fanni moliyalashtirishda dunyoda birinchi o‘rinda — YaIMning 4,9 foizi.

Ilm-fandan pulini ayamagan kichkina Janubiy Koreya va Tayvan ulkan Osiyoning «yo‘lbarslari»ga aylandi — YaIMning 4,5 va 3,5 foizi.

Dengizga chiqa olmaydigan Shveysariya hamda quyoshdan ko‘ra qor va yomg‘irni ko‘p ko‘radigan Shvetsiya Yevropaning eng old davlatlari: iqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi, korrupsiyadan xolilik va albatta fanni qo‘llab-quvvatlash borasida — YaIMning 3,3 foizigacha.

AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya — bu davlatlarga ta’rif shartmas. Ularni shiddat bilan quvib, o‘zib borayotgan Xitoyning kuchi nimadaligi esa bugun hech kimga sirmas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring