Surbetlik sindromi yoki sharmandaga shahar keng
Nazarimda surbetlik sindromi avj olib ketayotgandek. Yaqin bir yil ichida internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali qanchadan-qancha voqealarni muhokama qilmadik. Hatto bu muhokamalar OAV vositalari orqali katta-katta maqolalarning yozilishiga ham sabab bo‘ldi. Ba’zi muammolarga bir qadar yechim ham topilgandek. Ammo...
Halollik bo‘lmaguncha, taraqqiyot bo‘lmaydi!
Fransuzlar bozorda biron narsa sotadigan bo‘lsa, albatta uning aybini aytib sotadilar. Eng muhimi, ular hech qachon birovning haqqiga xiyonat qilmaydilar. Masalan, siz ulardan biron narsa olsangiz va qolgan qaytimni «kerak emas» deb tashlab ketmoqchi bo‘lsangiz, ular bunga ko‘nmaydi. Hatto tiyinlar qolgan bo‘lsa ham uni sizga qaytarib, hisobni joyiga qo‘yib qo‘yadilar.
vijdon apparati
Uskuna rostdan ham antiqa: har burchagidan prujinalar chiqqan, son-sanoqsiz tugmalar egallagan, chiroqlari esa yonib-o‘chardi. Orqa tomonidagi uzun simi televizorga ulangan.