Toshkentlik «Maugli» 25 yoshida fuqarolik pasporti oldi (video)
Uch yoshligida onasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylarning yoniga tashlab ketgan va 25 yoshga kirgunicha ko‘chada ulg‘ayib, jamiyatda mavjudligini, shu zaminda borligini huquqiy jihatdan isbotlay olmayotgan, tug‘ilganligini tasdiqlovchi guvohnoma hamda huquq va burchlarini belgilab beruvchi fuqarolik pasportiga ega bo‘lish istagidagi Shohrux Allamov haqida avvalroq maqola e’lon qilingan edi.
Toshkentlik «Maugli». Uch yoshida ko‘chaga tashlab ketilgan nogiron bolaning hayratlanarli qismati
O‘rmonga tashlab ketilgan va yovvoyi hayvonlar orasida ulg‘aygan «Maugli»lar haqida eshitganmiz. Nogironligi bo‘lgan Shohruxni uch yoshligida o‘z onasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylarning yoniga tashlab ketdi. U birovning qaramog‘isiz, uysiz, ko‘chada yotib ulg‘aydi.