
Bola o‘z fikrini ifoda qilishga haqli
Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, oilada bolaning manfaatiga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqli.

«Nikoh shartnomasi»siz qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lmaydi
Bu «nikoh shartnomasi» tuzmay qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lmasligini anglatadi. Bunday shartnoma esa «...nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilishi lozim»ligi ham loyihada alohida qayd etilmoqda.

oila kodeksiga «Oila qasamyodi»ni kiritish taklif qilindi
O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari, o‘z vaqtida Oliy Majlis qonunchilik palatasida deputat sifatida faoliyat olib borgan siyosatchi Abdukamol Rahmonov o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida o‘ziga xos taklif bilan chiqish qildi.