Oila kodeksiga «Oila qasamyodi»ni kiritish taklif qilindi

O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari, o‘z vaqtida Oliy Majlis qonunchilik palatasida deputat sifatida faoliyat olib borgan siyosatchi Abdukamol Rahmonov o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida o‘ziga xos taklif bilan chiqish qildi.
«Oila masalasidagi turli bahs va munozaralardan xulosa qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga nikoh tuzuvchi tomonlarning qasamyodiga oid yangi norma kiritishni taklif qilaman. Unga ko‘ra, nikohlanuvchilar FHDYo bo‘limida quyidagi mazmunda qasamyod qilishsa, oilaviy ajrimlar, qaynona-kelin kelishmovchiliklari, farzandlarni moddiy ta’minlashdan qochish, tarbiyasiga befarq bo‘lish kabi unsurlarning oldi olinadi, deb hisoblayman», — deb yozadi siyosatchi.

Tarmoqda ushbu taklif keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama etilmoqda. Izoh qoldirayotgan foydalanuvchilar orasida ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham, aksincha fikr bildirayotgan ham yo‘q emas.



Siz-chi?! Siz bu fikrga qanday munosabatdasiz? O‘z fikr-mulohazalaringizni ushbu xabarga izoh sifatida yozib qoldiring!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter