Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nikoh shartnomasi»siz qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lmaydi

«Nikoh shartnomasi»siz qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lmaydi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi hujjat loyihasiga ko‘ra, Oila kodeksining 16-moddasini («Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar») quyidagi yangi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda: «nikoh shartnomasi tuzilmagan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi».

Bu «nikoh shartnomasi» tuzmay qonuniy nikohdan o‘tib bo‘lmasligini anglatadi. Bunday shartnoma esa «...nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilishi lozim»ligi ham loyihada alohida qayd etilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 1998-yilda qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring