Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzoq yillar bir nikohda yashaganlarga «mukofot puli» berish taklif qilinyapti — Rossiya

Uzoq yillar bir nikohda yashaganlarga «mukofot puli» berish taklif qilinyapti — Rossiya

Foto: Facebook

Rossiyada uzoq vaqt (30 yil va undan ko‘p) bir nikohda yashaganlarga «mukofot puli» to‘lanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi davlat Dumasiga bugun, 14-fevral kuni kiritiladi.

Hujjat mualliflaridan biri, Dumaning mehnat qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilovning aytishicha, ushbu qonun tasdiqlangan taqdirda, barcha rossiyaliklarni, jumladan, sovet davrida turmush qurganlarni ham qamrab oladi.

Deputatlar turmush qurganiga uzoq yil bo‘lgan oilalar uchun yubiley sanalarida bir martalik pullik to‘lovni amalga oshirishni taklif qilishmoqda. Unga ko‘ra, er-xotin ajrashib ketib, yana qayta turmush qurgan bo‘lishsa, ular birga yashagan yillar yaxlitlanmaydi. Yubiley yili er-xotindan biri vafot etgan taqdirda ham to‘lovni olish huquqi saqlanib qoladi.

Muttasil bir nikohda 30 yil yashaganlarga 30 ming rubl (335 dollar atrofida) beriladi. Undan keyingi har o‘n yillikda to‘lov puliga 10 ming rubldan qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring