
«Ikkinchi Uxan»: bir bemorni deb Xitoy hukumati bir shaharni to‘liq yopib qo‘ydi
Pekin vaqti bilan 13-dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 dan e’tiboran Dunninni biron kishi yoki transport vositasi tark eta olmaydi. Shaharda jamoat transporti ham to‘liq to‘xtatilgan. Hukumatning maxsus ruxsati chiqmagunicha shaxsiy mashinalar egalari haydovchilik huquqidan vaqtinchalik mahrum etildi.