Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zining tavallud kunida o‘ldirilgan super yulduz

14/06, 15:24

Ahmad Zohir – afg‘on qo‘shiqchisi va bastakori. U 1946-yil 14-iyunda tug‘ilgan va oradan 33 yil o‘tib, 1979-yilda aynan tavallud kunida hayotdan ko‘z yumgan. «Afg‘on Elvisi» nomini olgan Ahmad Zohir mamlakatning barcha zamonlardagi eng mashhur xonandasi edi. U dari. pushtu tillarida kuylagan. Shuningdek, rus, urdu va inglizchada ijro etgan qo‘shiqlari ham mavjud.

33 yilgina yashab 33 ta albom chiqargan hofiz Ahmad Zohirni yod etib...

31/01/2018

Uning qo‘shiqlarini barcha mamlakatlar, hatto G‘arbda ham kuylashadi, ohanglari asosida qo‘shiqlar yaratishadi. O‘zbek shinavandalari O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Bobomurod Hamdamov, Nasiba Abdullayeva, Mardon Mavlonov va boshqa ko‘plab xonandalar ijrosida Ahmad Zohir qo‘shiqlarini tinglashgan.