«Yuventus» futbolchilaridan Ronalduni «avaylash» talab qilinyapti

Turinning «Yuventus» klubida to‘p suruvchi belgiyalik yarimhimoyachi Dauda Petersning aytishicha, o‘yinchilarga mashg‘ulotlarda Krishtianu Ronaldu bilan qattiq to‘qnashuvlar taqiqlangan.
«Calciomercato.it» yozishicha, «Yuventus» murabbiylari o‘yinchilardan Ronalduni avaylashni so‘rashmoqda.

«Murabbiylar mashg‘ulotlarda Ronaldu bilan to‘p uchun kurashga kirishganda unga jarohat yetkazib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishni tinmay qulog‘imizga quyishadi, chunki u jamoa uchun katta pul keltiradi», — dedi 21 yoshli Peters.
Belgiyalik futbolchi bu vaziyatda hammadan ko‘p o‘zini ko‘rsatish istagidagi yosh futbolchilarga qiyinligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga «Real Madrid»dan 2018-yili o‘tgan. Transfer qiymati 117 mln. yevroga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter