Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi assotsiatsiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Yangi assotsiatsiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari hamda talabalarining respublika «Talaba» sport uyushmasi O‘zbekiston «Barkamol avlod» jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga birlashtirilib, O‘zbekiston «Barkamol avlod» jismoniy tarbiya va sport jamiyati O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilari va ishchi-xizmatchilarini ommaviy jismoniy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga jalb qilish hisoblanadi.

Assotsiatsiya rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash, yuksak mahoratli sportchilar zahirasini tayyorlash va sport turlarini rivojlantirish ishlarini olib boradi. Oliy ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etadi va ular o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazadi.

Shuningdek, assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘magida «Yozgi ta’til», «Universiada» va «Barkamol avlod» sport musobaqalarini o‘tkazish orqali talabalar, o‘quvchi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring