O‘zbekistonda internet tadbirkorlari assotsiatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Elektron tijorat (e-commerce) – bu internet orqali savdo-sotiq va xaridni amalga oshirish demakdir.
Elektron tijorat vaqtni va pulni tejashga yordam beradi: birinchidan, mahsulot qidirib, vaqt sarflamaysiz, buyurgan narsangizni qisqa fursatda yetkazib berishadi. Ikkinchidan, internet orqali sotilayotgan buyumlar narxi dÿkonlarda yoki bozorlardan 30-50 foizgacha arzon tushadi. Chunki, sotuvchida joy masalasi, mahsulotni saqlash bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. Iste’molchi onlayn shaklda tovarlar reklamasi bilan tanishishi, qiziqish uyg‘otgan mahsulot haqidagi ma’lumotni olishi, sotuvchi muzokara olib borishi, shartnoma imzolashi, hatto tegishli to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Har tomonlama qulaymi? Bo‘lmasa-chi?!
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, vazirlik tomonidan «O‘zbekiston internet tadbirkorlari va elektron savdo assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda aholi ishtirokini yanada faollashtirish, internet tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, elektron savdo qo‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter