Yana bir o‘zbek jangchisi UFC bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida uning murabbiyi Jasur Alijonov ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli Ramazon UFCdagi birinchi jangini amerikalik Si Jey Vergaraga qarshi o‘tkazadi. Vergara UFCda oltita jang o‘tkazib, uchta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat qayd etgan.
Temirov esa MMAdagi faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Jang 13 oktyabr kuni UFC Vegas 98 turniri doirasida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter