Yana bir nufuzli musobaqa koronavirusning «qurboni»ga aylandi
Joriy yilning 17-22 mart kunlari Malayziyada velosportning shosse yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘tkazilishi belgilangan edi. Afsuski, ayni paytda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan koronavirus mazkur musobaqaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Osiyo velosport konfederatsiyasi o‘tkazgan yig‘ilish qaroriga ko‘ra, mazkur musobaqa virus sabab bekor qilindi. Xalqaro tashkilot mutasaddilari bunday vaziyatda sportchilarning sog‘lig‘i har qanday holatda ham birinchi o‘ringa olib chiqilishini ta’kidlashmoqda. Osiyo chempionatining qachon va qayerga qoldirilishi borasida yakuniy qaror yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.
Velosport bo‘yicha asosiy terma jamoamiz ayni paytda Turkiyada ushbu musobaqaga tayyorgarlik olib borayotgan edi. Xalqaro tashkilotning qarori yig‘inimizga ta’sir o‘tkazmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter