Vitaliy Denisov O‘zbekistonga qaytdi
Tajribali futbolchi Vitaliy Denisov O‘zbekistonga qaytdi va Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida to‘p suradigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli futbolchi himoyachi «So‘g‘diyona» klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov deyarli butun faoliyatini Rossiya klublarida o‘tkazgan va SSKA, «Lokomotiv», «Dnepr», «Krilya Sovetov», «Rubin», «Rotor», «Tom» va «Baltika» klublarida to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter