«Roma» g‘alabasidan so‘ng ommaviy tartibsizlik yuz berdi
Yevropa konferensiyalar ligasi finalida «Roma»ning «Feyenoord» ustidan qozongan g‘alabasidan keyin Rotterdam shahrida futbol muxlislari ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan.
Niderlandiyaning Rotterdam shahriga o‘rnatilgan katta monitorlarda muxlislar final o‘yinini ko‘rishgan, tugagach, ko‘pchilik uyiga ketgan. Ammo ayrim fanatlar joyida qolgan va to‘polon qilishga tushgan.
Rotterdam politsiyasi xabariga ko‘ra, futbol muxlislari mushakbozlik qilgan, derazalarni sindirgan, politsiyaga tosh va boshqa qattiq jismlarni otgan. Politsiya 72 shaxsni hibsga olgan.
Aytilishicha, 2 nafar politsiya xodimi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, YeKL finalida «Roma» g‘alaba qozonib, musobaqaning ilk g‘olibiga aylangandi. Uning tarkibidagi Eldor Shomurodov esa Vitaliy Denisov bilan birga yevrokuboklarni yutgan o‘zbekistonliklar qatoriga kirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter